Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi AQSh kuchlarining Eron infratuzilmasiga yana bir hujumi haqida e’lon qildi.
Bu haqda tashqi ishlar vaziri ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.
"AQSh Qeshm orolidagi suvni tuzsizlantirish zavodiga hujum qilib, jinoyat sodir etdi. Natijada 30 ta qishloqqa suv yetkazib berish uzildi.
Eron infratuzilmasiga hujum qilish jiddiy oqibatlarga olib keladigan xavfli qadamdir. Bu presedentni Eron emas, balki AQSh yaratdi", deb ta’kidladi Aragchi.