Iordaniyada sakkiz arab davlati tashqi ishlar vazirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Bashar Asad rejimi qulagandan keyingi vaziyat muhokama qilingan. Ishtirokchilar Suriyada hokimiyat almashinuvini tinch yo‘l bilan o‘tkazish, konstitusiya ishlab chiqish va saylovlarni BMT nazorati ostida o‘tkazishga chaqirgan.
Iordaniya shahrida bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlarda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas va BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersen ham ishtirok etdi.
Uchrashuvdan keyingi qo‘shma murojaatda ishtirokchilari Suriyadagi yangi hukumatni har qanday etnik yoki diniy kamsitishlardan ogohlantirdi va “mamlakatni tartibsizlikka olib kelmaslik” uchun davlat institutlarini saqlab qolishga chaqirdi.