Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Ar-Riyoddagi mehmonxona hujumi: Eron manbasi AQShni aybladi

Ar-Riyoddagi mehmonxona hujumi: Eron manbasi AQShni aybladi

Ar-Riyoddagi Hyatt Regency Riyadh mehmonxonasiga qilingan hujum AQShning «soxta bayroq» operasiyasi bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Erondagi xabardor manbaga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Vashington Yaqin Sharq davlatlarini Eronga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga jalb etishga urinmoqda. Shuningdek, AQSh mintaqada jamoatchilik fikrini shakllantirish maqsadida arab davlatlaridagi tinch aholi ob’ektlariga hujum uyushtirib, bunda Tehronni ayblashni rejalashtirgani aytilgan.

Bayonotda so‘nggi kunlarda og‘ir raketalardan foydalanish, elektron urush vositalari qo‘llanilishi va Regency mehmonxonasiga hujum shular jumlasidan ekani ta’kidlangan.

Mazkur da’volar mustaqil manbalar tomonidan hozircha tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 22:42 02.03.2026. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!