Bugun 14 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

AQShning Yamanning Xodeyda viloyatiga bergan zarbasi natijasida kamida 70 husiy halok bo‘ldi

AQShning Yamanning Xodeyda viloyatiga bergan zarbasi natijasida kamida 70 husiy halok bo‘ldi

Bu haqda Yamanning xalqaro tan olingan hukumati axborot, madaniyat va turizm vaziri Muammar al-Iryaniy bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.

“2-aprel, seshanba kuni Al-Hodeyda provinsiyasining Al-Faza janubiy qirg‘oq mintaqasida hutiylar to‘planish joyiga AQSh harbiylarining aniq havo hujumi natijasida 70 nafar terrorchi yo‘q qilindi”, — deb yozdi u o‘zining X sahifasida.

Al-Iryaniyning so‘zlariga ko‘ra, reydda “taniqli hutiy yetakchilari” hamda yamanlik isyonchilarni qo‘llab-quvvatlayotgani aytilayotgan Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi maslahatchilari halok bo‘lgan.

Bu ma’lumotni tasdiqlash uchun al-Iryaniy “Truth” ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan videoni joylashtirdi. Harbiy samolyot yoki dronning bort kamerasidan olingan kadrlar kamida 80 kishi joylashgan ochiq maydonga havo bombasi tashlangan paytda olingan. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, zarba “hujumlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma olish uchun yig‘ilgan” hutiylarga berilgan.

Kiritildi: 03:41 06.04.2025. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!