Tojikistonda bugun ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi.
Evropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berishicha, 4,5 magnitudali silkinishlar mahalliy vaqt bilan 12:14 da qayd etilgan.
Zilzila episentri Xo‘janddan 148 km janubi-sharqda joylashgan. Manba 16 km chuqurlikda joylashgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bugun bir necha soat avval Tojikistonda 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.