Tojikistonning Rasht viloyatida avvalroq sodir bo‘lgan zilzila natijasida 17 turar-joy binosi qisman vayron bo‘lgan.
Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasining Inqirozlarni boshqarish markazi ma’lum qildi.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rasht viloyatining to‘rtta qishlog‘ida 17 ta uy qisman shikastlangan, qurbonlar yo‘q", — deyiladi xabarda.
Zilzila episentri – Rasht viloyatida zilzila kuchi 5 ballni, Dushanbeda 3 ballni tashkil etgani aniqlangan.
Voqea joyida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun bir necha soat avval Tojikistonda 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.