Husiylar nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 16 martdan buyon AQShning havo hujumlari oqibatida kamida 123 nafar yamanlik, shu jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan, yana 247 kishi jarohat olgan.
Vazirlik "AQShning vatanga nisbatan ochiqdan-ochiq tajovuzkorligini va uning fuqarolik ob’ektlari hamda tinch aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumini" qattiq qoraladi. Jumladan, kecha Sano yaqinidagi zavodga uyushtirilgan hujumlar natijasida yetti kishi halok bo‘lib, yana 29 kishi, shu jumladan besh nafar bola jarohat olgan.
"Amerika-sionist dushmanning jinoiy ro‘yxatiga qo‘shilgan ushbu jinoyat to‘laqonli harbiy jinoyat bo‘lib, barcha xalqaro qonunlar va konvensiyalarni qo‘pol ravishda buzishdir," deya ta’kidlandi vazirlik bayonotida.
U arab va islom xalqlarini, shuningdek, inson huquqlari tashkilotlarini mazkur hujumlarga qarshi norozilik bildirish va e’tiroz bildirishga chaqirdi.