Tramp ma’muriyatining Xalqaro Jinoyat Sudiga (XJS) qarshi sanksiyalari uning ishini falaj qilishi va tashkilotning mavjudligiga tahdid solishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Times gazetasi xabar bermoqda.
Vashington XJS bilan moliyaviy operasiyalarni taqiqlovchi cheklovlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda. Olti-etti oylik imtiyozli davrdan so‘ng, sud dollar operasiyalariga va global moliya tizimining katta qismiga kirish huquqini yo‘qotish xavfi ostida. Bu XJSni bank xizmatlari, dasturiy ta’minot va boshqa muhim xizmatlardan uzib qo‘yishi mumkin.
"Ko‘rib chiqilayotgan variantlarga ko‘ra, hech bir kompaniya yoki yetkazib beruvchi XJS bilan sanksiyalar xavfisiz biznes qila olmaydi", deyiladi hisobotda.
Tramp ilgari XJSni "yovuz" va "jinoyatchi" tashkilot deb atagan va mamlakatlarni uning yurisdiksiyasidan chiqishga chaqirgan. AQSh ilgari sud sudyalari va prokurorlariga qarshi shaxsiy sanksiyalar qo‘llagan, ammo ular hali tashkilotning o‘ziga qarshi choralar ko‘rishmagan.
Avvalroq, 2 oktyabr kuni The Times gazetasi Tramp XJSga qarshi yanada qattiqroq sanksiyalar e’lon qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.