AQShning Ukrainadagi elchisi vazifasini bajaruvchi Djuli Devis AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelishmovchiliklar tufayli o‘z lavozimini tark etadi.
Bu haqda Financial Times manbalarga tayanib xabar berdi.
Ushbu manbalarga ko‘ra, Devisning ketishi Tramp ma’muriyatining Ukrainaga yondashuviga qarshiligi bilan bog‘liq.
AQSh Davlat departamenti diplomatning iste’foga chiqishi mumkinligi haqida hozircha izoh bermadi.
Devis Kiyevdagi avvalgi AQSh elchisi ketganidan beri Ukrainadagi AQSh diplomatik missiyasining rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelmoqda.