Nashrga ko‘ra, Zelenskiyning Qo‘shma Shtatlardan aniq kafolatlar olishga intilishi “samara bermasligi, hatto xavfli bo‘lishi mumkin”. Rasmiy majburiyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ham, Tramp ularni bajarishdan osonlikcha bo‘yin tovlashi ehtimoli yuqori.
NYT maqolasida ta’kidlanishicha, Tramp avval ham Rossiyaga bevosita qarshi turishga tayyorligini ko‘rsatmagan, bu esa Ukraina uchun har qanday kafolatlarning real ekanini shubha ostiga qo‘yadi.