Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya AQShdan Venesuelaga yo‘l olgan Bella 1 tankerini ta’qib qilmaslikni so‘radi

Rossiya AQShdan Venesuelaga yo‘l olgan Bella 1 tankerini ta’qib qilmaslikni so‘radi

Rossiya hukumati Qo‘shma Shtatlarga diplomatik nota yo‘llab, Venesuelaga yo‘l olgan va AQSh Venesuela nefti ortilgan kemalar blokadasi doirasida hibsga olishga urinayotgan Bella 1 tankerini ta’qib qilishni to‘xtatishni so‘radi.

Bu haqda The New York Times (NYT) manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, Moskva AQSh Davlat departamentiga so‘rovni 31 dekabr kuni kechga yaqin yuborgan, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi ham uni qabul qilgan.

Amerikaliklar bu tankerning harakatini qariyb ikki hafta davomida kuzatib borishdi. Kema Erondan jo‘nab ketgan va neft olish uchun Venesuelaga yo‘l olgan paytda AQSh kuchlari uni Karib dengizida ushlab turishga uringan. Sohil xavfsizlik xizmati rasmiylariga ko‘ra, tanker davlat bayrog‘isiz suzib yurgan va agentlikda uni hibsga olish uchun order bor edi, chunki kema AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Asosan Rossiya, Hindiston va Ukraina fuqarolaridan tashkil topgan Bella 1 ekipaji bo‘ysunmay, AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining tankerga o‘tirishiga to‘sqinlik qildi, keyin tanker Atlantika okeaniga qaytdi.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!