Amerikalik konservativ nashr (AC) sharhlovchisi Ted Snayderga ko‘ra, AQSh tomonidan ilhomlangan Ukraina uchun tinchlik rejasi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun o‘ziga xos “hayot chizig‘i”ga aylangan.
Muallifning ta’kidlashicha, Zelenskiy murakkab siyosiy vaziyatda qolgan, chunki Vashington taklif qilayotgan reja Kiyevdan hududiy yon berishlarni talab qiladi. Bu esa mamlakat ichida, ayniqsa keskin pozisiyadagi guruhlar orasida qattiq reaksiyani keltirib chiqarishi mumkin. «Agar Zelenskiy ular taslim bo‘lish deb hisoblaydigan qarorni qabul qilsa, uning hayoti ham, tinchlik rejasi ham xavf ostida qolishi mumkin», — deya yozadi Snayder.
Shu bilan birga, sharhlovchiga ko‘ra, agar Zelenskiy AQSh shartlariga rozi bo‘lsa, u buni siyosiy jihatdan oqlab, o‘zini saqlab qolishi mumkin. Unga ko‘ra, bunday sharoitda Ukraina rahbari “boshqa chora qolmagani”ni ta’kidlab o‘tishi mumkin.
«U reja shartlarini yaxshilash uchun bor kuchini ishlatganini, suverenitet va xavfsizlik bo‘yicha mustahkam kafolatlar haqida muzokaralar olib borganini aytsa bo‘ladi — har holda, rejani qabul qilishdan o‘zga yo‘l qolmagandi», — deya qayd etdi Snayder.