Texas shtatining Fort-Uort shahri yaqinida yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Dallas Morning News nashri xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, samolyot sanoat hududidagi avtoturargohga qulagan va u yerdagi ayrim jihozlarga urilgan, shundan so‘ng u yonib ketgan.
Shu bilan birga, Milliy transport xavfsizligi kengashi Beech King Air C90 turbopropining halokatini tekshirayotganini e’lon qildi. Ushbu model ikki ekipaj a’zosi va besh yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan.
Samolyot bortidagi odamlar soni va halokatning taxminiy sabablari hozircha oshkor etilmagan.