Vashingtonning boshqa mamlakatlarga nisbatan individual import tariflari 9 aprel kuni Sharqiy sohil vaqti bilan 00:01da kuchga kiradi.
Bu haqda Oq uy tarqatgan hujjatda aytiladi.
Gap AQSh bilan eng katta savdo kamomadiga ega bo‘lgan davlatlar haqida bormoqda. Bundan tashqari, ulardan bir necha kun oldin – 5 aprel kuni AQShning Sharqiy qirg‘oqlari vaqti bilan 00:01da kuchga kiradigan 10 foizlik universal bojlar ulardan importga nisbatan qo‘llaniladi.