Amerika rasmiylarining Hormuz bo‘g‘ozi ochiqligi haqidagi da’volari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) dengiz kuchlari bayonot berdi.
"Amerika rasmiylarining Hormuz bo‘g‘ozi ochiqligi haqidagi bayonotlari ochiq yolg‘on bo‘lib, faqat neft narxlarini nazorat qilish va o‘z mag‘lubiyatlarini yashirishga qaratilgan", deyiladi IIQK.
Bayonotda strategik ahamiyatga ega Hormuz bo‘g‘ozi Eron nazorati ostida ekanligi ta’kidlangan: "Islom kuchlarining ushbu strategik suv yo‘li ustidan nazorati to‘liq o‘rnatilgan va Hormuz bo‘g‘ozi Eronning roziligisiz tranzit qilishni niyat qilgan barcha kemalar uchun yopiq.
Bu jarayon Amerika kuchlarining tahdidlari to‘xtaguncha va Oq uy o‘z majburiyatlarini bajarmaguncha davom etadi (Islomobod o‘zaro anglashuv memorandumi qoidalari)."
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Axios nashriga bergan intervyusida Hormuz bo‘g‘ozi ochiq ekanligini aytgan edi.