Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShning giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kemalarga zarba berishini qonuniymi?

AQShning giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kemalarga zarba berishini qonuniymi?

AQSh harbiylari tomonidan giyohvand moddalar kontrabandasi qayiqlariga qarshi uyushtirilgan zarbalar Amerika va xalqaro qonunlarga muvofiq qonuniy.

Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Kingsli Uilson ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, shu kungacha narkotik moddalar kontrabandasi kemalariga qarshi 21 ta hujum uyushtirilib, 82 nafar narkoterrorchi o‘ldirilgan.

"Terroristik tashkilotlarga qarshi har bir zarba AQSh milliy manfaatlarimiz himoyasi uchun qilingan", dedi u. "AQSh janubiy qo‘mondonligi hududidagi faoliyatimiz ham Amerika, ham xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. Barcha harakatlar qurolli mojaro qonunlariga mos keladi."

Uilson, shuningdek, Pentagon kotibi Pit Xegset Karib dengizi janubidagi qayiqdagi zarbadan keyin omon qolganlarni o‘ldirishga buyruq bergani haqidagi xabarlarni uydirma deb hisobladi.

Avvalroq WP nashri manbalarga tayanib, Xegset "hammani o‘ldirish" buyrug‘ini bergani haqida xabar bergan edi. Maqolada Karib dengizida giyohvand moddalar bilan bog‘liq voqea tasvirlangan. Harbiylar giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan qayiqqa birinchi zarbani berganida, ikki kishi tirik qolgan. Pentagon rahbarining buyrug‘iga ko‘ra, bortdagi barchani yo‘q qilish uchun ular tugatilgan. "Buyruq hammani o‘ldirish edi", dedi manbalardan biri.

Shundan so‘ng Senat va Vakillar palatasi qo‘mitalari Pentagon ustidan nazoratni kuchaytirishini e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!