Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

AQShning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbasi: Jahon qanday munosabat bildirdi?

AQShning Eron yadroviy ob’ektlariga bergan zarbasi: Jahon qanday munosabat bildirdi?

MAGATE, Yevropa va G7 davlatlari:

🔘 MAGATE bosh direktori Rafael Grossi — Erondan kelgan talabdan so‘ng tashkilotning Boshqaruv kengashi favqulodda yig‘ilishi dushanba kuniga tayinlandi.

🔘 Evropa Ittifoqi tashqi siyosat rahbari Kaya Kallas — Eronga yadroviy qurol yaratishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, barcha taraflar muzokaralar stoliga qaytishi lozim.

🔘 Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer — AQSh Eron yadroviy tahdidini bartaraf etish choralarini ko‘rdi.

🔘 Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto — AQShning zarbasi Yaqin Sharqdagi mojaro manzarasini tubdan o‘zgartirdi.

🔘 Italiya TIV rahbari Antonio Tayani — Ushbu hujum Eron yadroviy dasturiga katta zarar yetkazganiga umid bog‘ladi, bu Eronni muzokaralarga majbur etadi, deb ishonadi.

🔘 Slovakiya prezidenti Robert Fiso — Qarshi taraflarni muzokaralarga chaqirdi.

🔘 Niderlandiya TIV vakili Kaspar Veldkamp — AQSh zarbasi mintaqadagi murakkab vaziyatni yanada kuchaytirishi mumkinligini ta’kidladi.

🔘 Yaponiya bosh vaziri Shigeru Isiba — Asosiy maqsad vaziyatni tinchlantirish, biroq Eron yadroviy qurol ishlab chiqmasligi shart.


Yaqin Sharq mamlakatlari:

🔘 Saudiya Arabistoni TIV — "brat xalq" — Erondagi voqealarni chuqur xavotir bilan kuzatayotganini, suverenitet buzilishini qoralashini bildirdi.

🔘 Ummon TIV — AQSh zarbasini noqonuniy tajovuz va xalqaro huquq hamda BMT Nizomi buzilishi deb baholadi.

🔘 Iroq hukumati vakili Basem al-Avvdi — Juda xavfli eskalasiya butun Yaqin Sharq va dunyo xavfsizligiga tahdid soladi.


AQShdagi tanqidlar:

🔘 Kongressdagi ayrim demokratlar — Prezident Trampning ushbu zarbani Kongress bilan kelishmaganini qattiq tanqid qildi.

🔘 Senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer — Eronga nisbatan kuch ishlatish haqidagi rezolyusiyani darhol muhokamaga qo‘yishni talab qildi va uni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

🔘 Senator Kris Myorfi — Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Eron AQShga bevosita tahdid solmagan. Agar zarbalar bo‘lmaganida, muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin edi.


Zarbalar va oqibatlari:

🔘 Shanba kechasi AQSh Eronning bir necha yadroviy ob’ektlariga zarba berdi, jumladan asosiy inshoot — Fordo ham nishon qilindi. Operasiyada B-2 Spirit bombardimonchilari va Tomahawk qanotli raketalari ishlatildi.

🔘 Prezident Tramp — "Barcha maqsadlar yo‘q qilindi", — deb bayonot berdi. Eron esa buni rad etib, zarar katta emasligini bildirdi. MAGATE radiasiya darajasining o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

🔘 Ertasi kuni Eron Isroilga raketa hujumi uyushtirdi. Nishonlar: Ben-Gurion aeroporti, biologik tadqiqot markazi va harbiy ob’ektlar. Times of Israelga ko‘ra, taxminan 90 kishi yaralangan.

🔘 Isroil armiyasi — Hayfa shahrida raketa to‘suvchi qurilma nosozligi sababli raketa shaharga tushgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

🔘 Isroil G‘arbiy Eron hududlariga javob zarbalari berdi.

Kiritildi: 15:46 22.06.2025. O'qildi: 1652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!