Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

AQShning 72 nafar senatori Rossiyaga qarshi “halokatli” sanksiyalar joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi — Bloomberg

AQShning 72 nafar senatori Rossiyaga qarshi “halokatli” sanksiyalar joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi — Bloomberg

"Agar Moskva tinchlik muzokaralaridan bosh tortsa, ushbu sanksiyalar joriy etilishi mumkin", — deya bayonot berdi qonun loyihasi mualliflaridan biri, respublikachi senator Lindsi Grem.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya nefti, gazi yoki uranini xarid qilayotgan davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik boj to‘lovi belgilanishi, shuningdek, AQSh moliyaviy institutlariga Moskvaga aloqador tashkilotlarga sarmoya kiritish taqiqlanishi va Qo‘shma Shtatlar fuqarolariga Rossiya davlat obligasiyalarini sotib olish man etilishi nazarda tutilgan.

"Men urush muzokaralar orqali halol va adolatli tarzda tugatilishini xohlayman. Menimcha, prezident Tramp buni amalga oshirishga qodir inson. Ammo bu sanksiyalar Senatning pozisiyasini bildiradi, biz bu yerda asosiy aybdorni — Rossiyani ko‘ryapmiz", — deya Gremning so‘zlarini keltiradi Bloomberg.

"Mazkur qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaganlar orasida AQSh Senatidagi respublikachilar yetakchisi Jon Tyun va demokratlar yetakchisi Chak Shumer ham bor, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal.

Kiritildi: 19:43 01.05.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!