Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQShdan O‘zbekistonga 131 nafar noqonuniy migrant deportasiya qilindi

AQShdan O‘zbekistonga 131 nafar noqonuniy migrant deportasiya qilindi

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligining ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlardan O‘zbekistonga 131 nafar noqonuniy migrant chiqarib yuborilgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent o‘zbekistonlik fuqarolarni deportasiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.

Fox News telekanalining xabar berishicha, O‘zbekiston hukumati noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish uchun charter reysni to‘liq moliyalashtirgan.

“Vashington va Toshkent o‘rtasida deportasiya xarajatlarini O‘zbekiston zimmasiga yuklovchi kelishuv Qo‘shma Shtatlarning Donald Tramp boshchiligidagi yangi ma’muriyati davrida birinchi shunday hujjat bo‘ldi. O‘zbekistonga deportasiya qilingan qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik migrantlar keyinchalik o‘z vatanlariga yo‘l oladi”, – deyiladi telekanal xabarida.

Kiritildi: 22:42 01.05.2025. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!