Texas shtatining Angleton shahri yaqinidagi yuk mashinasi bekatida sodir bo‘lgan otishmada ikki nafar voya yetmagan bolalar halok bo‘ldi, yana ikki nafari yaralandi.
ABC News telekanali xabariga ko‘ra, Brazoriya okrugi sherif idorasi voqea haqida Facebook ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 va 4 yoshli ikki bola halok bo‘lgan, yana ikki nafar 8 va 9 yoshli bolalar shifoxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli og‘ir”, — deyiladi xabarda.
Telekanal xabariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari otishmaga aloqadorlikda gumon qilib, ayolni qo‘lga olgan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda, biroq mahalliy aholiga tahdid yo‘q.