Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShdagi kun tartibi: Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan uchrashuvlari haqida ma’lumot berildi

A A A
AQShdagi kun tartibi: Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan uchrashuvlari haqida ma’lumot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kun tartibiga ko‘ra, u 16 may kuni Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi belgilangan. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bo‘lib o‘tadi. Keng doiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh rasmiy delegasiyasi vakillari ishtirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.  

Tashrif davomida 40 dan ortiq hujjatlar qabul qilinishi, shu jumladan, umumiy qiymati 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investisiyaviy bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu raqamlar, albatta, tashrif davomida o‘zgarishi mumkin. 

Shu kuni kechqurun O‘zbekiston tomonidan rasmiy qabul marosimi o‘tkaziladi. Bu yerda AQSh ma’muriyati rahbariyati, vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va korporasiyalar rahbarlari ishtirok etadi. 

Prezident Mirziyoyev 17 may kuni Pentagonga tashrif buyurib, AQSh Mudofaa vaziri bilan muzokara o‘tkazadi. Kapitoliyda Kongressmenlar va senatorlar bilan uchrashib, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi. 

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki Prezidenti bilan ham uchrashib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investisiya jalb etish bo‘yicha muzokara olib boradi.

Kiritildi: 01:38 15.05.2018. O'qildi: 1476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik