Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTHda universitet futbolchisi halok bo‘ldi

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTHda universitet futbolchisi halok bo‘ldi

AQShning Ogayo shtatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida «UMass Lowell» universiteti futbol jamoasi darvozaboni, 21 yoshli Tobias (Tobi) Forsayt halok bo‘ldi. Hodisani sodir etganlikda O‘zbekiston fuqarosi, 42 yoshli yuk mashinasi haydovchisi Behzod Asrorov ayblanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Freightliner Cascadia rusumli yuk mashinasi Honda Accord avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan. Og‘ir jarohat olgan talaba-sportchi voqea joyida vafot etgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, 2024 yilda Green Card orqali AQShga kelgan haydovchi ingliz tilini yetarli darajada bilmagan va polisiya xodimlari bilan Google Translate orqali muloqot qilgan. Shuningdek, u hodisa joyida videoregistratorni yashirishga uringani aytilmoqda. Qurilma uning cho‘ntagidan topilgan va unga dalillarni yashirish moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Mazkur voqea AQShda yirik yuk mashinalari haydovchilariga qo‘yiladigan til bilish va xavfsizlik talablari yuzasidan bahslarni kuchaytirdi. Kongress a’zosi Uorren Devidson va AQSh transport kotibi Shon Daffi yo‘l belgilarini o‘qiy olmaydigan va polisiya bilan muloqot qila olmaydigan shaxslarga yuk mashinalarini boshqarishga ruxsat berilmasligi kerakligini ta’kidlab, nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:22 09.07.2026. O'qildi: 1096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!