Qo‘shma Shtatlar Adliya vazirligi Jo Bayden davrida joriy etilgan federal qatllarga qo‘yilgan moratoriy bekor qilinganini ma’lum qildi.
Vazirlik eng og‘ir jinoyatlarni jilovlash uchun ushbu jazo turidan faolroq foydalanishini bildirdi. Yangi choralar doirasida Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida qo‘llangan o‘lim in’eksiyasi protokoli qaytariladi, shuningdek, qatl qilishning qo‘shimcha usuli sifatida otish hukmi joriy etiladi.
Adliya vazirligining ta’kidlashicha, qonuniy o‘lim hukmlarini ijro etish majburiyatining tiklanishi mahkumlar barcha shikoyat bosqichlaridan o‘tib bo‘lganidan so‘ng qatl jarayonlarini boshlash imkonini beradi. Ishlarni ko‘rib chiqishni tezlashtirish uchun ichki jarayonlar ham optimallashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yanvarida Tramp federal darajada o‘lim jazosini qayta tiklash haqida farmon imzolagan va barcha shtatlarni kerakli miqdordagi o‘lim in’eksiyalari bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.