"Butun Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab o‘tkazilgan “Demokratiyadan qo‘llaringni tort!” shiori ostida o‘tkazilgan namoyishlarda minglab odamlar ishtirok etdi. Tashkilotchilar norozilik aksiyalarida millionga yaqin odamlar qatnashgani haqida ma’lum qildi, biroq bu raqamlar rasman tasdiqlanmagan", deya xabar bermoqda mahalliy ommaviy axborot vositalari.
Namoyishlar Tramp ma’muriyat siyosatiga, xususan, import bojlarining oshirilishi, muhojirlarga nisbatan qat’iy chora-tadbirlar va ommaviy ishdan bo‘shatishlarga qarshi qaratilgan. Tashkilotchilar, jumladan kasaba uyushmalari, huquq himoyachilari, faxriylar va saylovlarda faol qatnashgan faollar namoyishlarning asosiy maqsadi “milliarderlarning hokimiyatni egallashiga chek qo‘yish” ekanini bildirishdi.
"Aksiyalar shtatlarning ma’muriy idoralari, federal tashkilotlar binolari, AQSh Kongressi a’zolarining ofislari oldida bo‘lib o‘tdi", deya xabar bermoqda CNN.
Tramp ma’muriyati siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari Yevropada, xususan, London, Rim va Parij shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.