Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda sun’iy intellekt masalasida siyosiy qarama-qarshilik kuchaymoqda

AQShda sun’iy intellekt masalasida siyosiy qarama-qarshilik kuchaymoqda

Vashingtonda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining kelajagi va uni tartibga solish masalasi atrofida siyosiy bahslar tobora kuchaymoqda. Demokratlar SIning ehtimoliy xavflaridan ogohlantirib, uni nazorat qilish zarurligini ta’kidlayotgan bo‘lsa, respublikachilar bunday xavotirlar bo‘rttirib yuborilayotganini aytmoqda. Ular uchun asosiy vazifa — AQShning sun’iy intellekt sohasida Xitoydan ustunligini ta’minlash.

CNN xabar berishicha, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Demokratik partiya vakillarini SIni tartibga solish masalasini siyosiy kun tartibining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylantirishga chaqirgan. Uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt yetarlicha nazorat qilinmasa, jiddiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin.

Amaldagi prezident Donald Tramp esa SI tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekzistensial tahdidlardan xavotirda emasligini bildirdi. Uning fikricha, Vashington uchun asosiy ustuvor vazifa — sun’iy intellektni rivojlantirish va bu sohada Xitoydan oldinda bo‘lish.

Shu tariqa, AQShda SI masalasida ikki xil yondashuv shakllanmoqda: demokratlar texnologiyani kuchliroq nazorat qilish zarurligini urg‘ulasa, respublikachilar asosiy e’tiborni innovasiyalarni jadallashtirish va Xitoy bilan raqobatda ustunlikni saqlab qolishga qaratmoqda.

Kiritildi: 23:21 13.09.2026. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!