Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShda sud Nyu-York meriga qarshi jinoiy ishni yopdi — Associated Press

AQShda sud Nyu-York meriga qarshi jinoiy ishni yopdi — Associated Press

Federal sudya chorshanba kuni Nyu-York meri Erik Adamsga qarshi ochilgan korrupsiya ishini yopish haqida qaror chiqardi va AQSh Adliya vazirligining iltimosini qondirdi.

Shu bilan birga, sudya prokurorlarga Nyu-York merligi uchun saylovlardan keyin ishni qayta tiklash imkoniyatini bermadi.

Associated Press agentligi yozishicha, sudning ushbu qarori demokrat Adamsni shaxsan prezident Donald Trampga yoqadigan usulda shaharni boshqarish zaruratidan xalos qiladi. Shuningdek, respublikachilar nazoratidagi Adliya vazirligi unga qarshi ayblovlarni qayta qo‘yishi xavfi ham bartaraf etildi.

Adamsga 2024 yil sentyabr oyida korrupsiya va chet eldan saylov kampaniyasi uchun noqonuniy pul olish ayblovlari qo‘yilgan edi. U Nyu-York shahar meri lavozimida turgan holda jinoiy ish ochilgan birinchi shahar rahbariga aylangan edi.

Kiritildi: 09:13 03.04.2025. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!