Kentukki shtatining Letcher okrugida sudya Kevin Mullins o‘z ofisida otib o‘ldirildi. Okrug sherifi Mikki Stines qotillikda ayblanib, hibsga olindi, deya xabar beradi The Mountain Eagle.
Voqea kecha, 19 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Aytilishicha, sherif sudyaning qabulxonasiga kirib, u yerda yig‘ilgan xodimlardan ularni tinch qo‘yishni so‘ragan. Keyin ikkalasi ofisga kirib eshikni yopdilar, shundan keyin u yerdan o‘q ovozlari eshitildi. Keyin Mikki Stines qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib tashqariga chiqdi va polisiya xodimlariga taslim bo‘ldi.
Qotillik sabablari rasman aniqlanmagan. AP nashrining yozishicha, bunga sud binosida sherif va sudya o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan. Sherif birinchi darajali qotillikda ayblangan. Polisiya voqea sodir bo‘lgan Uaytsburgdagi asosiy ko‘chani o‘rab oldi. Mahalliy matbuotning xabar berishicha, bir qancha mahalliy maktablar ham qisqa muddatga yopilgan.
Kevin Mullins 2009 yildan beri Kentukki shtatining 47-okrug sudi sudyasi bo‘lib ishlagan. U adliya tizimi xodimlari uchun giyohvand moddalarni davolashni targ‘ib qilish bilan mashhur edi. U Kentukki shtatining kamida 50 okrugi tomonidan qabul qilingan giyohvand moddalarni davolash dasturini ishlab chiqishda yordam berdi.