Bugun 4 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

AQShda shatdaun: Senat Demokratik qonun loyihasini rad etdi

AQShda shatdaun: Senat Demokratik qonun loyihasini rad etdi

Seshanba kuni AQSh Senati yaqin soatlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan federal hukumatning qisman yopilishining oldini olishga qaratilgan ikki partiyaviy qonun loyihasini rad etdi.

Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan va yopilishning oldini olishni ko‘zlagan respublikachilar tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasiga 55 ovoz yoqlab, 45 nafar qarshi ovoz berilgan.

Demokratlar tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasiga 47 kishi yoqlab, 53 kishi qarshi ovoz berdi. Yuqori palatada ma’qullash uchun kamida 60 ovoz kerak. Shu sababli, Senat hozircha hukumatning mahalliy vaqt bilan 1 oktyabr kuni yarim tunda (Toshkent vaqti bilan chorshanba kuni ertalab 6:00) ehtimoliy yopilishiga to‘sqinlik qiluvchi qonun loyihasini qabul qila olmadi.

Kiritildi: 09:30 01.10.2025. O'qildi: 818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!