AQSh Kongressining Vakillar palatasi Anna Paulina Luna federal hukumatning qisman yopilishi (shatdaun) Shukrona kunigacha (27 noyabr) yoki undan ham uzoq davom etishi mumkinligini aytdi.
Shatdaun 1 oktyabrda respublikachilar va demokratlar o‘rtasida xarajatlarning bir qancha bandlari, jumladan, sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha kelishmovchiliklar natijasida moliyalashtirilmagani sababli boshlangan. Har ikki partiya bir-birini siyosiy manfaatlar uchun inqirozni provokasiya qilish va cho‘zishda ayblaydi.
Shu bilan birga, AQSh qonunchiligiga ko‘ra, milliy xavfsizlik, inson hayoti va mulkini himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan departamentlar va idoralar o‘z faoliyatini davom ettiradi, maoshsiz ishlashga majburlangan xodimlar esa keyinroq maosh oladi.