FedEx kompaniyasining yuk tashuvchi samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Nyuark Liberti (Nyu-Jersi) xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi, deb xabar beradi Fox News.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, dvigatel yonishiga qush bilan to‘qnashuv sabab bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea vaqtida kuchli shovqin eshitilgan.
Aeroport xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha yopilgan, biroq keyinroq qayta ochilgan. FedEx kompaniyasi Indianapolisga ketayotgan Boeing 767 samolyoti parvoz paytida qushni urib yuborganini tasdiqladi.
AQSh Federal Aviasiya boshqarmasi (FAA) voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.