Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShda “Rojdestvo sovg‘alari” ichiga yashirilgan 25 kg narkotik musodara qilindi

AQShda “Rojdestvo sovg‘alari” ichiga yashirilgan 25 kg narkotik musodara qilindi

AQShning Kentukki shtati polisiyachilari Rojdestvo sovg‘alari sifatida niqoblangan 25 kg dan ortiq metamfetaminni musodara qilishdi.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Nebraska shtatida yashovchi muqaddam narkotik savdosi uchun sudlangan 23 yoshli Jeykob Talamantesni qo‘lga olgan. Hibsga olish uchun gumonlanuvchining avtomobilida 55 funtdan ortiq giyohvand modda topilgani sabab bo‘lgan.

Kinolog mashinani tashqi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida unda taqiqlangan moddalar bo‘lishi mumkinligi haqida signal berdi. Yukxonani tekshirish chog‘ida polisiyachilar Rojdestvo sovg‘asi qog‘oziga o‘ralgan bir nechta qutilarni topishdi, ularning ichida metamfetamin bor edi.

Qo‘lga olingan shaxs tergovchilarga Ayova shtatidan kelganini va giyohvand moddalarni sotishni rejalashtirganini tan olgan. Unga taqiqlangan moddalar savdosi bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Kiritildi: 22:14 27.12.2025. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!