Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda qor bo‘roni tufayli 500 mingdan ortiq uy elektr ta’minotisiz qoldi

AQShda qor bo‘roni tufayli 500 mingdan ortiq uy elektr ta’minotisiz qoldi

AQShda qor bo‘roni fonida elektr ta’minotisiz qolgan uylar soni 500 mingdan oshdi. Bu haqda Poweroutage xizmati ma’lumotlariga tayanilmoqda.

Manbaga ko‘ra, uzilishlar umumiy soni 523 067 taga yetgan. Eng ko‘p jabrlangan shtatlar — Tennessi, Texas, Missisipi va Luiziana.

Qayd etilishicha, yakshanba kuniyoq 403 mingdan ortiq uyda elektr uzilishi qayd etilgan bo‘lib, shundan so‘ng vaziyat yanada yomonlashgan.

Milliy meteorologiya xizmati prognoziga ko‘ra, Sharqiy Texasdan tortib Shimoliy Karolinagacha kuchli qor yog‘ishi va xavfli muzlamalar kutilmoqda. Shu bilan birga, kamida 21 shtatda favqulodda holat e’lon qilingan.

Kiritildi: 20:03 25.01.2026. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!