Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, Payk hozir ham intensiv terapiya bo‘limida davolanmoqda. Qo‘llaridagi og‘ir jarohatlar sababli u shifoxonada yotoqqa bog‘langan holda qolmoqda. Uning sog‘lig‘i og‘irligicha qolmoqda, tiklanish istiqboli esa hozircha noaniq.
Qatl 1 oktyabr kuni amalga oshirilgan. Paykka pentobarbitalning ikki dozasi yuborilgan, ammo dori uning o‘limiga olib kelmagan. Guvohlarning aytishicha, mahkuma in’eksiyadan keyin ham nafas olishda va xurrak otishda davom etgan.
Advokatlarga maslahat berayotgan anesteziolog Joel Zivotning taxminiga ko‘ra, dori qon tomiriga to‘liq tushmasdan, atrofdagi to‘qimalarga kirib ketgan bo‘lishi mumkin. Takroriy urinishdan oldin tibbiyot xodimlari Paykning chap qo‘liga yetti marta igna sanchishga majbur bo‘lgan.
Krista Payk 1996 yilda 19 yoshli Kollin Slemmerni o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat 1995 yilda, Payk 18 yoshda bo‘lganida sodir etilgan.