AQShda shatdaun oqibatida aviaparvozlarga cheklovlar joriy etilgandan beri qariyb 2 mingta reys bekor qilindi — FlightAware.
"7 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarda 1022 ta aviareys bekor qilingan, yana 6,2 mingta reys kechiktirilgan. 8 noyabr kuni ertalab esa yana 909 ta reys bekor qilinib, 272 tasi kechiktirilgan", deya yozmoqda nashr.
Avvalroq AQSh transport vaziri Shon Daffi hukumatdagi shtatdaun tufayli mamlakatdagi 40 ta yirik aeroportdan amalga oshiriladigan parvozlar sonini 10 foizga qisqartirish haqida farmoyish bergan edi.