Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShda prezident Tramp va Pentagon rahbari Xegset qonunbuzar deb topildi

A A A
AQShda prezident Tramp va Pentagon rahbari Xegset qonunbuzar deb topildi

Sud ular Milliy gvardiya va dengiz piyodalarini Los-Anjelesdagi huquq-tartibot operasiyalariga jalb qilganini qonunga zid deb topdi.

“Dalillar shuni ko‘rsatdiki, harbiylar nazorat punktlari, olomonni nazorat qilish uchun ishlatilgan. Boshqacha qilib aytganda, ular Posse Comitatus qonunini buzdilar”, degan sudya Charlz Breyer.

Sud ichki operasiyalar uchun qo‘shinlardan foydalanishni taqiqladi va Milliy gvardiya ustidan nazoratni Kaliforniya gubernatoriga qaytarishni buyurdi.

O‘zi gap nimada?
Iyun oyi boshlarida Tramp ma’muriyati Los-Anjelesga taxminan 4 000 nafar Milliy gvardiya askarlari va 700 nafar dengiz piyoda qo‘shinlarini joylashtirdi. Bu qaror, immigrasiya siyosatiga qarshi namoyishlar davomida federal mulk va xodimlarni himoya qilish zarurati bilan izohlandi. Ammo ushbu harbiy safarbarlik Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning roziligisiz amalga oshirilgan edi.

Kiritildi: 13:14 03.09.2025. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!