Vashingtondagi Oq uy yaqinidagi otishmada otib yuborilgan G‘arbiy Virjiniya milliy gvardiyasining ikkala a’zosi ham halok bo‘ldi.
Bu haqda G‘arbiy Virjiniya gubernatori Patrik Morrissi o‘z bayonotida ma’lum qildi.
"Bu jasur G‘arbiy Virjiniyaliklar o‘z vatanlarini himoya qilish uchun jonlarini fido qildilar. Tergov davom etar ekan, biz federal hukumatlar bilan aloqada bo‘lib qolamiz. Butun shtatimiz ularning oilalari, yaqinlari va butun gvardiya jamoasi bilan qayg‘urmoqda. G‘arbiy Virjiniya ularning xizmatlari va qurbonliklarini hech qachon unutmaydi va biz bu dahshatli harakat uchun to‘liq javobgarlikni talab qilamiz ", deb yozdi u.