Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQShda noyob dinozavr skeleti 6 mln $dan ko‘proqqa sotildi

AQShda noyob dinozavr skeleti 6 mln $dan ko‘proqqa sotildi

Dunyoda bunday nusxalardan atigi 20 ta bor va ularning hech biri hali sotuvga qo‘yilmagan.

AQShda yaxshi saqlangan dinozavr skeleti 6 million dollardan ko‘proqqa sotildi. Bu haqda Sotheby's auksion uyi xabar bergan. RIA Novosti

Gorgozavrning suyaklari to‘rt yil avval Montana shtatida topilgan. Mutaxassislar ularning yoshini 77 million yil deb hisoblagan. Xaridor 6 million 69,5 ming dollar evaziga skeletning yetishmayotgan qismlari nusxalari bilan bir qatorda 79 ta “qazilma elementlar” oldi. Konstruksiyaning balandligi uch metrdan kam emas, uzunligi deyarli yetti metr.

Auksion uyining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda bunday nusxalardan atigi 20 ta bor va ularning hech biri hali sotuvga qo‘yilmagan.

Paleontologlarning so‘zlariga ko‘ra, gorgozavrlar o‘lchamlari bo‘yicha tiranozavrlardan kichik, ammo ulardan tezroq harakatlanib, kuchliroq tishlardi.

Kiritildi: 14:15 29.07.2022. O'qildi: 1933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!