AQShda Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tgan bayram dam olish kunlari davomida o‘qotar qurol bilan bog‘liq hodisalar oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi.
Shuningdek, mamlakat bo‘ylab ommaviy otishmaning 20 ta holati qayd etilgan. Bu haqda qurolli zo‘ravonliklar statistikasini yurituvchi Gun Violence Archive tashkiloti ma’lum qildi.
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilgi Mustaqillik kuni bayrami davomida qayd etilgan ommaviy otishmalar soni so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan.
AQShda Mustaqillik kuni bayrami har yili ommaviy tadbirlar va katta yig‘inlar bilan nishonlanadi. Mutaxassislar ana shunday kunlarda qurolli zo‘ravonlik holatlari ham keskin ko‘payishini ta’kidlab kelmoqda.