Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShda migrantlar realiti-shousida fuqarolik uchun bellashadi

AQShda migrantlar realiti-shousida fuqarolik uchun bellashadi

AQShda The American nomli realiti-shousi tashkil etiladi, unda migrantlar AQSh fuqaroligi uchun kurash olib boradi. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shou konsepsiyasi bilan shaxsan AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem shug‘ullanmoqda.

Shouda 12 nafar noqonuniy migrant AQSh fuqaroligini olish uchun bellashadi. Ishtirokchilar poyezdda butun Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab sayohat qilib, mintaqaviy madaniy topshiriqlarni bajarishadi. Masalan, Viskonsinda yog‘och aylantirish yoki San-Fransiskodagi konlarda oltin yig‘ish shular jumlasiga kiradi.

Barcha ishtirokchilar avvaldan potensial fuqarolar sifatida saralanadi, hatto yutqazganlarga ham fuqarolik olish uchun oddiy tartibda ariza topshirishda “ustunlik” huquqi beriladi.

Kiritildi: 10:05 17.05.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!