Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

AQShda koronavirus qurbonlari xotirasiga 3 kunga bayroqlar tushiriladi 

AQShda koronavirus qurbonlari xotirasiga 3 kunga bayroqlar tushiriladi 

AQShda koronavirus qurbonlari xotirasiga 3 kun davomida bayroqlar tushirib qo‘yiladi. Bunga AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘rsatma bergan. Bu haqda Trampning o‘zi "Tvitter"ida ma’lum qildi.

“Biz koronavirus sababli yo‘qotgan barcha amerikaliklar xotirasiga federal binolar va milliy diqqatga sazovor joylarda keyingi 3 kun davomida bayroqlarni tushirtiraman”, deb yozgan Tramp o‘z xabarida.

Shuningdek, bayroqlar AQShda 25 may kuni nishonlanadigan urush qurbonlari xotira kunida ham tushirilgan holda qoladi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 96 mingdan oshib ketdi. 

Kiritildi: 11:38 22.05.2020. O'qildi: 1580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!