Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQShda imom bomdod namozi vaqtida pichoqlab ketildi

A A A
AQShda imom bomdod namozi vaqtida pichoqlab ketildi

Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Peterson shahridagi Umar masjidi imomi Sayid Al-Nakib 9 aprel, yakshanba kuni bomdod namoziga imomlik qilayotganda jamoat orasida yashiringan kishi tomonidan pichoqlangan.

Suiqasdni amalga oshirgan shaxsning kimligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Serif Zorba ismli kishining namoz vaqtida odamlar orasidan sakrab o‘tib, 65 yoshli imomga pichoq bilan zarba bergani kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Jinoyatchi namozxonlar tomonidan ushlanib, polisiyaga topshirilgan. Imom esa hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Masjid ma’muriyati holat haqida batafsil ma’lumot bergan. Biroq hujumning amalga oshirilishidan maqsad nima bo‘lgani ochiqlanmagan. Tergov harakatlari davom etayotgani xabar qilingan.

Kiritildi: 07:24 12.04.2023. O'qildi: 2447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!