Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

AQShda immigrasiya siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tyapti: O‘zbekiston TIV fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

AQShda immigrasiya siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tyapti: O‘zbekiston TIV fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

Los-Anjelesda uch kundan beri AQSh prezidenti Donald Trampning immigrasiya siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Ommaviy tartibsizliklar AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati xodimlarining Los-Anjelesdagi noqonuniy xorijliklarni aniqlash maqsadida o‘tkazgan reydiga qarshi norozilik ortidan boshlanib ketgan.

O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burxanovning bildirishicha, mazkur namoyishlarda hozirda O‘zbekiston fuqarolarining ishtiroki to‘g‘risida rasmiy tasdiqlangan biror ma’lumot yo‘q.

Shu bilan birga, AQShdagi barcha o‘zbekistonliklar ushbu mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qat’iy amal qilishga, tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirilyapti.

“O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etadi. Zarur hollarda fuqarolarimiz AQShdagi Elchixonamiz va Bosh konsulxonalarimizga murojaat qilishlari mumkin”, – deydi TIV matbuot kotibi Ahror Burxanov.

Kiritildi: 17:31 09.06.2025. O'qildi: 1474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!