27 sentyabr kuni kechqurun AQSh janubi-sharqida sodir bo‘lgan “Helen” to‘foni qurbonlari soni olti kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib ABC News xabar berdi.
“Mamlakatning janubiy hududlarini qamrab olgan “Helen” to‘foni oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Shimoliy Karolinada daraxtning uy ustiga qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Bundan tashqari Jorjiya shtatida ham ikki kishi halok bo‘ldi.
Avvalroq to‘fon oqibatida Florida shtatida bir kishi, Jorjiyada esa 2 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.