CNN'ning xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlarning Oregon shtatidagi Bend shahrida boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida uch bola va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi. Yana bir o‘qituvchi hamda yetti yoshli bola shifoxonaga yotqizilgan.
Telekanal manbalarining aytishicha, maktabda 16 yoshli o‘smir o‘q uzgan. Uning ismi va hujum sabablari hozircha ochiqlanmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum vaqtida maktabda qariyb 400 nafar bola va 40 nafar xodim bo‘lgan.
Telekanal mahalliy polisiyaga tayanib, hujumchi huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelguniga qadar o‘ldirilganini xabar qildi. Qurollangan o‘smirning maktabga bostirib kirganini ko‘rgan mahalliy aholi vakili uni to‘xtatgani aytilmoqda.