AQShning Tennessi shtatida bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi. Tullahoma shahri rasmiylariga ko‘ra, voqea mahalliy ayerodromdan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. Samolyotda bo‘lganlarning barchasi tirik qolgan, to‘rt nafar jabrlanuvchi vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.
AQSh Federal Aviasiya boshqarmasi (FAA) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘z yuritilayotgan samolyot ikki dvigatelli De Havilland Canada DHC-6 Twin Otter bo‘lgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot parashyutda sakrash mashg‘ulotlarida foydalanilgan.
Internetda joylashtirilgan fotosuratlarda samolyotning dumi shikastlangan va qanoti yirtilgan holda o‘t ichida yotgani aks etgan. Shahar matbuot kotibi Layl Rasselning aytishicha, halokatda ayeroport va boshqa binolar zarar ko‘rmagan.
Halokat sabablari hozircha noma’lum, AQSh Federal aviasiya ma’muriyati va Milliy transport xavfsizligi kengashi o‘z tekshiruvlarini boshladi.