AQSh Savdo vaziri Govard Lyutnik bir kun avval har biri 5 million dollarlik 1000 ta immigrasiya “Oltin kartalari”ni sotganini ma’lum qildi.
«All-In Podcast» dasturida so‘zlagan AQSh Savdo vaziri Govard Lyutnik dunyo bo‘ylab 37 million badavlat odamning “Oltin karta” sotib olish imkoniyati borligini aytdi. Prezident Donald Trampning fikricha, AQSh 1 million dona shunday kartalarni sotishi va 5 trillion dollar daromad keltirishi mumkin.
“Dunyoda 37 million kishi ushbu kartani xarid qilish imkoniyatiga ega. Prezident biz millionni sotishimiz mumkin deb o‘ylaydi", - dedi Govard Lyutnik.
Har biri 5 million dollarlik “Oltin karta” dasturi chet el fuqarolariga AQShda doimiy yashash huquqini beradi va joriy YEV-5 investor vizasi o‘rniga taklif qilinmoqda.
Jarayonni optimallashtirish uchun Ilon Mask jamoasi maxsus dasturiy platformani ishlab chiqmoqda, u taxminan ikki hafta ichida ishga tushiriladi.
“Bugundan boshlab ikki hafta ichida u [dastur] amalga oshiriladi. Ilon men uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqmoqda, keyin esa u ishga tushiriladi”, - dedi Govard Lyutnik.