AQShda avtomobil butlovchi qismlari importiga 25 foizgacha oshirilgan bojlar kuchga kirdi.
Avtomobillar uchun ilgari kiritilgan bojlardan keyin endi 25% miqdorida yig‘im undiriladigan avtomobil butlovchi qismlari uchun oshirilgan import bojlari AQShda shanba kunidan kuchga kirdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ichki ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha olib borayotgan siyosati, shuningdek, AQSh hamkorlari bilan savdo munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish doirasida import qilinadigan avtomobil butlovchi qismlari uchun 25 foiz miqdorida yig‘im joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.