Qo‘shma Shtatlar 11 kishini Xitoy fuqarolariga Amerika yashil kartalar (grin-kartalar)ini olish imkonini beruvchi soxta nikohlarni tashkil qilishda aybladi.
Bu haqda AQSh Adliya vazirligi bayonot berdi.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, sudlanuvchilar 2016 va 2026 yillar oralig‘ida keng ko‘lamli firibgarlik sxemasida ishtirok etgan. 1000 dan ortiq odam ularning xizmatlaridan foydalanganlikda gumon qilinmoqda va soxta nikohlar uchun 100 000 dollargacha pul to‘lagan.
Sudlanuvchilar hibsga olindi va 12 avgust kuni sudga keltirildi. Nyu-Yorkning Janubiy okrugi bo‘yicha AQSh prokuraturasi ularni immigrasiya firibgarligini sodir etish va Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy muhojirlarni joylashtirish uchun til biriktirishda ayblamoqda.
Agar ikkala ayblov bo‘yicha ham sudlangan bo‘lsa, ular 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.