Qo‘shma Shtatlar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning iyun oyida Gaagadagi NATO sammitiga taklif qilinishiga qarshi.
Bu haqda ANSA agentligi NATOdagi manbalarga tayanib yozmoqda, deb yozadi “Report”.
Ta’kidlanishicha, deyarli barcha NATO ittifoqchilari Vashington pozisiyasidan hayratda qolgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainani sammitga taklif qilish masalasi NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining 14—15-may kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tadigan norasmiy yig‘ilishida muhokama qilinishi mumkin.
24-25 iyul kunlari Gaagada NATO sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitda 45 davlat va hukumat rahbari, 45 tashqi ishlar va mudofaa vazirlari hamda 6 mingga yaqin delegasiya a’zolari ishtirok etishi kutilmoqda.