Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir avianoses va 10 ming harbiy yubormoqda

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir avianoses va 10 ming harbiy yubormoqda

AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy hozirligini kuchaytirmoqda. Kaliforniyadan «Teodor Ruzvelt» avianosesi hamda uni kuzatib boruvchi harbiy kemalar, shuningdek, uchta desant kemasi va dengiz piyodalari mintaqasiga yo‘l olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 10 ming nafar harbiy noyabr oyiga qadar jangovar vazifalarni bajarishga tayyor holatga keltirilishi kutilmoqda.

Agar hozir Yaqin Sharqda bo‘lgan «Jorj Bush» va «Jorj Vashington» avianoseslari ham mintaqada qolsa, AQSh ixtiyorida uchta avianoses guruhi va qariyb 60 ming nafar harbiy bo‘lishi mumkin.

AQSh sobiq razvedka ofiseri Maykl Pregent esa «Teodor Ruzvelt»ning kelishi oddiy rotasiya bo‘lishi ehtimolini ham istisno qilmagan. Uning fikricha, bu harakat Vashingtonning Tehronga nisbatan harbiy imkoniyatlari hali ham mavjudligini namoyish qilishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa Time jurnaliga bergan intervyusida Eronga yangi zarbalar berish ehtimoli mavjudligini bildirgan.

Kiritildi: 18:51 03.10.2026. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!